Maktab ta'tili: Ota-onalar uchun muhim eslatma
Maktab taʼtili davrida o‘quvchilarning taʼlim muassasasidan tashqaridagi xatti-harakatlari uchun javobgarlik bevosita ota-onalarga yuklatiladi. Bu tartib o‘quvchilarning xavfsizligi va tarbiyasini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qonunchilikdagi yangi tartib
2023-yil 27-iyunda qabul qilingan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 190-sonli buyrug‘iga ko‘ra, ta’lim muassasasi hududidan tashqarida, jumladan ta’tilda, o‘quvchilar xulqi uchun qonunchilik bo‘yicha to‘liq javobgarlik ota-onalar zimmasiga yuklatiladi. Ushbu tartibga ko‘ra:
- Sinf rahbarlari mas’uliyatga tortilmaydi;
- Maktab direktorining o‘rinbosarlari javobgar emas;
- Barcha mas’uliyat bevosita ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar zimmasida bo‘ladi.
Ota-onalarning huquqiy majburiyatlari
O‘zbekiston Respublikasi “Oila kodeksi”ning 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalash uchun masʼul ekanliklari aniq belgilangan. Bu huquqiy asoslarga ko‘ra, ota-onalar farzandlarining sog‘ligi, maʼnaviy va axloqiy rivojlanishiga alohida e’tibor qaratishi shart.
Ta’til davrida farzandlaringizning bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazish uchun foydali manbalar bilan tanishing:
- Maktab o‘quvchilari o‘z bilimlarini mustahkamlash uchun maktab darsliklarini yuklab olish imkoniyatiga ega.
- Kelajakda o‘z yo‘nalishingizni tanlashda kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlari bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.