Maktab direktori direktor jamg‘armasidan yordam oladimi?

Vazirlar Mahkamasining 425-sonli qaroriga ko‘ra, maktab direktori ham og‘ir kasallik holatlarida direktor jamg‘armasidan moddiy yordam olish huquqiga ega.

5
Maktab direktori direktor jamg‘armasidan yordam oladimi?

Maktab direktori direktor jamg‘armasidan moddiy yordam olishi mumkinmi?

Ta'lim sohasidagi xodimlar va rahbarlar uchun dolzarb masalalardan biri bu moddiy yordam olish tartibidir. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qaroriga ko‘ra, umumta’lim muassasalari xodimlariga kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi miqdorigacha moddiy yordam ko‘rsatiladi.

Moddiy yordam olish shartlari

Moddiy yordam olish uchun xodim tashkilotda mehnat shartnomasi asosida ishlashi shart. Ushbu yordam quyidagi holatlar yuz berganda ajratiladi:

  • Xodimning o‘zi yoki yaqin qarindoshi (ota, ona, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda.
  • Og‘ir kasallikka chalinganda.
  • Tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda.

Agar siz ta'lim sohasidagi boshqa yangiliklarni, jumladan pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonlarini kuzatib borayotgan bo‘lsangiz, ushbu qoidalar siz uchun muhim ahamiyatga ega.

Direktorlar uchun imkoniyat

Qoidalarga muvofiq, agar maktab direktori mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan bo‘lsa va jamg‘armada mablag‘ mavjud bo‘lsa, u ham ushbu imtiyozdan foydalanishi mumkin. Ayniqsa, og‘ir kasallik tibbiy xulosada qayd etilgan taqdirda, maktab direktori ham “direktor jamg‘armasi”dan moddiy yordam olish huquqiga ega bo‘ladi. Bu yordam ishchi guruh qarori asosida rasmiylashtiriladi.

Ta'lim sohasidagi yangiliklar va maktab darsliklarini yuklab olish kabi resurslar haqida ma'lumotlarni saytimiz orqali kuzatib boring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar