Xitoyda bepul ta’lim: ANSO grant dasturi (Magistratura va PhD)

Xitoyda magistratura va doktorantura bosqichlarida to‘liq moliyalashtirilgan ANSO grant dasturi haqida barcha ma’lumotlar. Stipendiya miqdori va talablar bilan tanishing.

6
Xitoyda bepul ta’lim: ANSO grant dasturi (Magistratura va PhD)

Xitoyda bepul ta'lim: ANSO grant dasturi haqida

Xitoy hukumati tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida taqdim etilayotgan nufuzli ANSO grant dasturi 2019-yildan buyon faoliyat yuritmoqda. Ushbu dastur Xitoy Fan va Texnologiya Universiteti (USTC), Xitoy Fanlar Akademiyasi Universiteti (UCAS) va Xitoy Fanlar Akademiyasi (CAS) oliygohlarida tahsil olish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Grantning afzalliklari

  • O‘qish to‘lovlari to‘liq qoplanadi;
  • Magistratura uchun oylik stipendiya: 475$ (36 oygacha);
  • PhD uchun oylik stipendiya: 1000$ yoki 1200$ (48 oygacha);
  • Tibbiy sug‘urta va ariza to‘lovlari qoplanadi;
  • Xalqaro va mahalliy yo‘l xarajatlari qoplanadi.

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar

Ushbu grantga da’vogar bo‘lish uchun quyidagi mezonlarga javob berishingiz kerak:

  • Xitoy fuqaroligiga ega bo‘lmaslik;
  • Ingliz yoki xitoy tillarini yuqori darajada bilish;
  • Magistratura uchun 1992-yil 1-yanvardan keyin tug‘ilgan bo‘lish;
  • PhD uchun 1987-yil 1-yanvardan keyin tug‘ilgan bo‘lish;
  • USTC/UCAS xalqaro talabalar qabul mezonlariga moslik.

Qanday hujjat topshiriladi?

Har bir universitetga alohida hujjat topshiriladi. Talabalar uchun mo‘ljallangan ushbu dastur bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni universitetlarning rasmiy portallari orqali olishingiz mumkin. Oliygohlar haqidagi ma'lumotlarni esa portalimiz orqali kuzatib boring.

Diqqat: Grant davomida o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari pasayishi stipendiyaning bekor qilinishiga va o‘qishdan chetlatilishga olib kelishi mumkin.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar