Shanghai Jiao Tong University: Magistratura va PhD grantlari

Shanghai Jiao Tong University’da magistratura va PhD bosqichlarida grant asosida o’qish imkoniyati. Qabul shartlari, kerakli hujjatlar va muhim sanalar bilan tanishing.

4
Shanghai Jiao Tong University: Magistratura va PhD grantlari

Shanghai Jiao Tong University (SJTU) grant dasturlari

Xitoyning nufuzli oliygohlaridan biri bo‘lgan Shanghai Jiao Tong University (SJTU) xalqaro talabalar uchun magistratura va doktorantura (PhD) bosqichlariga grantlar ajratadi. QS 2021 reytingiga ko‘ra dunyoda 47-o‘rinni egallab turgan ushbu universitetda tahsil olish kelajagingiz uchun katta imkoniyatdir. Talabalar uchun barcha muhim ma’lumotlar quyida keltirilgan.

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar

  • Xitoy fuqarosi bo‘lmagan chet ellik nomzodlar;
  • Jismoniy va aqliy sog‘lomlik;
  • Yuqori akademik ko‘rsatkichlar;
  • Magistratura uchun bakalavr, PhD uchun magistrlik diplomi;
  • Ingliz yoki Xitoy tilini mukammal bilish (batafsil: Til talablari).

Muhim sanalar va ro‘yxatdan o‘tish

Dasturga ariza topshirish ikki bosqichda amalga oshiriladi:

  • 1-bosqich: 1-oktabr – 15-dekabr 2021-yil;
  • 2-bosqich: 31-mart – 31-may 2022-yil;
  • Ro‘yxatdan o‘tish badali: 120$.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun onlayn ariza shaklini to‘ldirishingiz kerak.

Kerakli hujjatlar ro‘yxati

  • Diplom va baholar transkripti (ingliz yoki xitoy tilida);
  • Til bilish sertifikatlari;
  • Pasport nusxasi va rasm;
  • Shaxsiy bayonot (Personal Statement) va o‘quv rejasi;
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.

Grant yutish usullari

Grantga ega bo‘lishning ikki yo‘li mavjud:

  1. SJTU orqali ariza topshirish.
  2. O‘z mamlakatingizdagi Xitoy elchixonasi yoki konsulligi orqali murojaat qilish.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun abituriyentlar uchun yaratilgan resurslardan foydalanishingiz yoki universitetning rasmiy yo‘riqnomasi bilan tanishishingiz mumkin. Savollar yuzasidan [email protected] elektron manziliga murojaat eting.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar