Schwarzman Scholarship: Xitoyda bepul magistratura
Siz xorijda, nufuzli universitetda barcha xarajatlaringiz qoplangan holda ta'lim olishni istaysizmi? U holda Pekindagi Sinxua universitetida amalga oshiriladigan Schwarzman Scholarship xalqaro stipendiya dasturi aynan siz uchun.
Dastur haqida qisqacha
2016-yilda amerikalik moliyachi Stiven Shvarsman tomonidan asos solingan ushbu dastur dunyoning eng yaxshi yosh yetakchilarini birlashtiradi. Dastur maqsadi — biznes, siyosat va fuqarolik jamiyati sohasida kelajak yetakchilarini tayyorlashdir.
Stipendiya kimlar uchun?
- 18 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan talabalar;
- Bakalavr darajasiga ega bo‘lgan bitiruvchilar;
- Ingliz tilini mukammal biluvchi va akademik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan nomzodlar.
Stipendiya nimalarni qoplaydi?
Dastur g‘oliblari uchun quyidagi xarajatlar to‘liq qoplanadi:
- Ta’lim to‘lovi;
- Yashash va ovqatlanish xarajatlari;
- Pekinga borish va qaytish aviachiptalari;
- Zarur darsliklar va o‘quv materiallari;
- Lenovo noutbuki;
- Tibbiy sug‘urta;
- Shaxsiy ehtiyojlar uchun $4 000 stipendiya.
Qanday qilib ariza topshirish mumkin?
Nomzodlar ikki bosqichdan o‘tishlari kerak: onlayn ariza topshirish va suhbat. Qo‘shimcha ma’lumotlar va ariza topshirish manzili orqali ro‘yxatdan o‘ting.
Ta'lim va xalqaro stipendiyalar haqida ko'proq ma'lumot olish uchun abituriyentlar uchun bo'limimizni kuzatib boring yoki talabalar uchun foydali maslahatlarimiz bilan tanishing.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.