Xalqaro olimpiada g‘oliblari uchun OTMga kirish imtiyozlari
Prezidentning PQ-4306-sonli qaroriga ko‘ra, nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblariga davlat OTMlariga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinish imtiyozi berilgan. Ushbu yangilik abituriyentlar uchun muhim ahamiyatga ega.
Qaysi xalqaro olimpiada g‘oliblari imtiyozga ega?
Quyidagi 5 ta xalqaro olimpiada g‘oliblari davlat grantiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinadi:
- Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)
- Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO)
- Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO)
- Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO)
- Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI)
Boshqa olimpiadalar va respublika bosqichi g‘oliblari
Yuqoridagi 5 ta nufuzli olimpiadadan tashqari boshqa musobaqalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga test sinovisiz kirish huquqi berilmaydi. Biroq, asosiy fan olimpiadalarining respublika bosqichi sovrindorlariga mutaxassislik fani bo‘yicha maksimal ball olish huquqini beruvchi sertifikat taqdim etiladi.
Agar siz ham kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot olishni istasangiz, tegishli sahifamizni kuzatib boring.
Grantlar taqsimoti
Faqat yuqorida sanab o‘tilgan 5 ta xalqaro olimpiada sovrindorlariga 4 yil davomida to‘liq grant kafolatlanadi. Respublika va boshqa xalqaro olimpiadalar g‘oliblari esa grantga kirgan taqdirda, birinchi yil uchun grant olishlari mumkin, keyingi yillarda esa o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga qarab grant saqlanib qoladi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.