"Qiymatlanmagan!" yozuvi nimani anglatadi?
Abituriyentlar uchun test sinovlari natijalari e'lon qilinganda, ayrim shaxsiy kabinetlarda "Qiymatlanmagan!" degan yozuv paydo bo'lishi mumkin. Bu nimani anglatadi?
Bu yozuv qachon chiqadi?
Ushbu qayd test sinovlarida ishtirok etmagan yoki imtihonga kelmagan abituriyentlar qarshisida aks etadi. Agar siz "Batafsil" tugmasini bossangiz, tizimda "Test sinovlarida ishtirok etmagan" degan izohni ko'rishingiz mumkin.
Natijalar bo'yicha muhim eslatma
Javoblar to'liq e'lon qilinganini hisobga olsak, "Qiymatlanmagan!" deb belgilangan abituriyentlarga ball qo'shilmaydi. Shuningdek, quyidagi holatlarda ham ball hisoblanmaydi:
- "Test sinovlaridan chetlashtirilgan" deb belgilanganlar;
- Imtihon qoidalarini buzganlar.
O'z yo'nalishingiz bo'yicha kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot olishingiz yoki abituriyentlar uchun mo'ljallangan boshqa yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin.
Ta'lim sohasidagi eng so'nggi yangiliklardan boxabar bo'ling!

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.