Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-yanvardagi PQ-24-sonli qarori bilan Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etildi. Mazkur oliy ta’lim muassasasi xalqaro standartlar asosida yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan nodavlat ta’lim tashkiloti hisoblanadi.
Ta’lim yo‘nalishlari va imkoniyatlar
Universitetda quyidagi sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:
- Muhandislik va qurilish
- Logistika va axborot texnologiyalari
- Dasturlash va sog‘liqni saqlash
- Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati
- Iqtisodiy va ijtimoiy yo‘nalishlar
Abituriyentlar uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan tanishib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro hamkorlik va moliyaviy shartlar
Universitet Respublika Oliy ta’lim kengashi hamda Turkiya Oliy ta’lim kengashi muassisligida ochilmoqda. Ta’lim jarayoni to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Universitetga kirishni rejalashtirayotgan yoshlarimiz uchun abituriyentlar uchun maxsus bo‘limimizda foydali maslahatlar va yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin.
Joylashuvi
Ta’lim muassasasi Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent soliq texnikumi bazasida joylashadi.
Manba: Prezident.uz

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.