TRKI 50 foiz ustama beradi, attestatsiyada esa imtiyoz yo‘q

Rus tili o‘qituvchilari qaysi sertifikatni olishi foydaliroq? TRKI va milliy sertifikat imtiyozlari qanday farq qiladi — maqoladan bilib oling.

TRKI 50 foiz ustama beradi, attestatsiyada esa imtiyoz yo‘q

“Ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lgan sinflarga rus tili fanidan dars beraman. Yaqinda TRKI xalqaro sertifikatidan C1 darajani qo‘lga kiritdim. Milliy tan olingan sertifikat va TRKI sertifikati uchun imtiyozlarda qanday farq bor?” — degan savol ko‘pchilik rus tili o‘qituvchilarini qiziqtirmoqda. Farq bor va u sezilarli.

Ustama miqdori qanday farq qiladi?

Prezidentning PF-134-sonli Farmoni 9-bandiga muvofiq, TRKI sertifikati uchun 50 foiz miqdorida ustama to‘lanadi. Milliy tan olingan rus tili va adabiyoti sertifikatiga ega bo‘lib, ta’lim tili o‘zbek tili (yoki boshqa qardosh tillar) bo‘lgan sinflarga rus tili fanidan dars beruvchi pedagoglarga esa 20 foiz miqdorida ustama to‘lanadi.

Reklama

Attestatsiyada qanday farq bor?

Asosiy farq attestatsiya jarayonida ko‘zga tashlanadi. Milliy tan olingan rus tili va adabiyoti sertifikatidan B+ va undan yuqori natija qayd etgan pedagoglar majburiy attestatsiya davri kelganda, murojaat yuborishda majburiy malaka sinov turini tanlab ariza berganida birinchi bosqich sinovlaridan maksimal ball taqdim etiladi.

Aynan shu imtiyoz TRKI sertifikatiga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ya’ni TRKI egasi 50 foiz ustama oladi, biroq attestatsiyada maksimal ball imtiyozidan foydalana olmaydi. Ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining VM-572-sonli qarori bilan belgilangan.

Avvalroq pedagoglar uchun belgilangan imtiyozlar ro‘yxati haqida yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

Prezidentning PF-134-sonli Farmoni 9-bandiga muvofiq, TRKI sertifikati uchun 50 foiz miqdorida ustama to‘lanadi.
Milliy tan olingan rus tili va adabiyoti sertifikatiga ega bo‘lib, o‘zbek tilidagi sinflarga dars beruvchi pedagoglarga 20 foiz miqdorida ustama to‘lanadi.
Milliy tan olingan rus tili sertifikatidan B+ va undan yuqori natija qayd etgan pedagoglar majburiy attestatsiyada birinchi bosqichdan maksimal ball oladi. Bu imtiyoz TRKI sertifikatiga tatbiq etilmaydi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar