Pedagoglar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar ro’yxati

O’qituvchilar uchun qonunchilikda belgilangan asosiy imtiyozlar: 56 kunlik ta’til, 36 soatlik ish haftasi, bepul tibbiy ko’rik, 50 foizgacha ustamalar va boshqa kafolatlar.

Pedagoglar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar ro’yxati

O'qituvchi va murabbiylar uchun qonunchilikda bir qator imtiyoz va kafolatlar belgilangan. Quyida pedagoglar bilishi kerak bo'lgan eng muhim huquqiy kafolatlar ro'yxatini jamladik.

Dam olish va ish vaqti

  • 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar kuni" sifatida dam olish kuni hisoblanadi (lex.uz);
  • Pedagoglarga 56 kunlik yillik haq to'lanadigan uzaytirilgan ta'til beriladi (lex.uz);
  • Ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko'pi bilan 36 soat qilib belgilanadi (lex.uz).

Reklama

Sog'liqni saqlash va moddiy yordam

  • Barcha pedagog xodimlar doimiy ravishda bepul tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi (lex.uz);
  • O'qituvchilar kasal bo'lib qolganda moddiy yordam beriladi (lex.uz).

Ustama va rag'batlantirish

  • Maktab o'qituvchilariga baholash mezonlari asosida 10 foizdan 40 foizgacha ustama belgilanadi (lex.uz);
  • Fan olimpiadasi g'olibini tayyorlagan o'qituvchilarga 150 foizgacha ustama beriladi (lex.uz);
  • Xalqaro yoki milliy sertifikatga ega o'qituvchilarga oylik 50 foiz qo'shimcha ustama to'lanadi (lex.uz);
  • Inklyuziv sinf o'qituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi (lex.uz);
  • Olis hududlarda dars berayotgan o'qituvchilarga 50 foizgacha ustama belgilanadi (lex.uz).

Malaka toifasi va attestatsiya

  • Ko'p yillik stajga ega pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi (lex.uz);
  • Xalqaro olimpiada g'oliblarini tayyorlagan o'qituvchilarga malaka toifasi attestatsiyasiz beriladi (lex.uz);
  • Respublika olimpiadasi g'oliblarini tayyorlagan o'qituvchilarning malaka toifasi bir pog'ona oshiriladi (lex.uz).

Muhim jihat: o'qituvchilarning faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik mavjud (lex.uz). Ta'lim sohasidagi eng muhim yangiliklarni InfoEdu.uz orqali muntazam kuzatib boring.

Pedagoglarga 56 kunlik yillik haq to'lanadigan uzaytirilgan ta'til beriladi.
Ha, barcha pedagog xodimlar doimiy ravishda bepul tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi.
O'zi dars beradigan fani bo'yicha xalqaro yoki milliy sertifikatga ega o'qituvchilarga tarif stavkasiga nisbatan har oy 50 foiz qo'shimcha ustama to'lanadi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar