Pedagogika yo'nalishlarida tahsil olayotgan 3–4-kurs talabalari umumiy o'rta ta'lim muassasalarida pedagogik faoliyat bilan shug'ullanishi mumkin. Bu huquq Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan belgilangan: kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllarining pedagogika yo'nalishlarida o'qiyotganlar 3-kursdan boshlab, o'qishiga xalaqit bermagan holda umumta'lim muassasalarida ishlashi mumkin.
Huquqiy asos
Qarorga ko'ra, bunda asosiy shart — ish o'qish jarayoniga xalaqit bermasligi kerak. Hujjatda shuningdek, oliy ta'lim muassasalarining pedagogika yo'nalishlarida kunduzgi, kechki va sirtqi bo'limlarning 3 va undan yuqori kurslarida o'qiyotganlar bajargan ishlar uchun bazaviy tarif stavkasi qo'llanishi ham nazarda tutilgan.
Reklama
Yo'nalishlar ro'yxati
Amaldagi qonunchilik hujjatlarida bunday huquq beruvchi pedagogika yo'nalishlarining aniq ro'yxati belgilanmagan edi. Shu sababli Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2026-yil 29-iyundagi ko'rsatmasida umumiy o'rta ta'lim muassasalarida pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqini beruvchi yo'nalishlar ro'yxati keltirilgan.
- Pedagogika;
- Boshlang'ich ta'lim;
- O'zbek tili va adabiyoti;
- Ona tili va adabiyoti (qozoq, qoraqalpoq, turkman, tojik, koreys va rus tillari va adabiyoti);
- O'zga tilli guruhlarda rus tili;
- Xorijiy til va adabiyoti (ingliz, nemis va fransuz tillari);
- Musiqa ta'limi;
- Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi;
- Jismoniy madaniyat;
- Chaqiriqqacha harbiy ta'lim;
- Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi.
Ta'lim yo'nalishlari bo'yicha huquqiy masalalar haqida talabalarning ishlash tartibi va sirtqi ta'lim talabalarining imkoniyatlari haqidagi materiallarimizni ham o'qishingiz mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hozircha izohlar yo‘q.
Birinchi bo‘lib izoh qoldiring