2026/2027-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga maktab ta’limi sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun 648 ta maqsadli davlat granti ajratildi. Bu haqdagi taqsimot Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan e’lon qilindi.
Maktab ta’limi uchun nechta maqsadli grant ajratildi?
Respublika bo‘yicha jami 648 ta maqsadli davlat granti ajratilgan. Shundan:
Reklama
- 594 ta – o‘zbek tilidagi ta’lim;
- 51 ta – rus tilidagi ta’lim;
- 3 ta – qozoq tilidagi ta’lim.
Maqsadli grantlar qaysi OTMlarga taqsimlandi?
Maqsadli qabul kvotalari quyidagi oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan:
- Shahrisabz davlat pedagogika instituti — 171 ta;
- Samarqand davlat pedagogika instituti — 123 ta;
- Termiz davlat pedagogika instituti — 95 ta;
- Jizzax davlat pedagogika universiteti — 55 ta;
- Buxoro davlat pedagogika instituti — 52 ta;
- Chirchiq davlat pedagogika universiteti — 52 ta;
- Farg‘ona davlat universiteti — 35 ta;
- Nukus davlat pedagogika instituti — 33 ta;
- Navoiy davlat universiteti — 27 ta;
- O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali — 3 ta;
- Qo‘qon davlat universiteti — 2 ta.
Qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul amalga oshiriladi?
Maqsadli grantlar quyidagi ta’lim yo‘nalishlari uchun ajratilgan:
- Matematika;
- Amaliy matematika;
- Fizika;
- Kimyo;
- Biologiya;
- Tarix;
- Geografiya;
- O‘zbek tili va adabiyoti;
- Ona tili va adabiyoti (rus tili va qozoq tili);
- Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili);
- Boshlang‘ich ta’lim;
- Musiqa ta’limi;
- Jismoniy madaniyat;
- Texnologik ta’lim;
- Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
- Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi;
- Axborot tizimlari va texnologiyalari.
Mazkur kvotalar oliy ma’lumotli pedagog kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan tuman va shaharlarga biriktirilgan bo‘lib, har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida hududlar kesimida taqsimlangan. Batafsil taqsimot rasmiy hujjatda keltirilgan: PDFni yuklab olish

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.