Tojikiston o‘zbek aholisi uchun o‘zbek tilida maktablar quradi

Tojikistonning Tursunzoda shahrida o‘zbek aholisi uchun o‘zbek tilida o‘qitiladigan maktablar quriladi. Prezident yana qanday topshiriqlar berdi — maqoladan bilib oling.

Tojikiston o‘zbek aholisi uchun o‘zbek tilida maktablar quradi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Tursunzoda shahriga ish safari chog‘ida o‘zbek aholisi uchun o‘zbek tilida o‘qitiladigan ta’lim muassasalari qurish va ularni ona tilidagi darsliklar bilan ta’minlashni topshirdi, deya xabar bermoqda “Xovar” axborot agentligi.

Prezident yana nimalarga e’tibor qaratdi?

Tursunzoda shahridagi 21-sonli umumta’lim muassasasi ochilishida qatnashgan davlat rahbari qurilish ishlari sifatini yuqori baholadi. U pedagoglarni zamonaviy fanlar, yangi texnika va texnologiyalardan samarali foydalanish, tabiiy, aniq va matematika fanlari hamda xorijiy tillarni chuqur o‘rganishga e’tibor berishga chaqirdi.

Reklama

Tursunzodada ta’lim qanday ahvolda?

Hozir Tursunzoda shahrida 132 ta umumta’lim muassasasi faoliyat yuritib, ularda 78 863 nafardan ortiq o‘quvchi ta’lim oladi.

Tojikiston mustaqilligining 35 yilligi bayramiga tayyorgarlik doirasida esa Tursunzodada 24 ta ta’lim muassasasi qurilishi rejalashtirilgan. Hozirgacha ulardan 19 tasi — jami 8 185 o‘rinli maktab binolari ishga tushirilgan.

Avvalroq Tojikiston fuqarolari uchun ajratilgan grant kvotalari haqida yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

Emomali Rahmon Tursunzoda shahridagi o‘zbek aholisi uchun o‘zbek tilida o‘qitiladigan ta’lim muassasalari qurish va ona tilidagi darsliklar bilan ta’minlashni topshirdi.
Tursunzodada 132 ta umumta’lim muassasasi faoliyat yuritadi, ularda 78 863 nafardan ortiq o‘quvchi ta’lim oladi.
Jami 60 ta obyekt topshirildi, shundan 20 ta umumta’lim muassasasi 18 200 o‘quvchiga mo‘ljallangan. Mustaqillik bayramiga 24 ta maktab qurilishi rejalashtirilgan.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar