King Fahd universiteti: Saudiya Arabistonida to‘liq grant

King Fahd universitetida magistratura va doktorantura uchun to‘liq moliyalashtirilgan grant dasturiga qanday hujjat topshirish kerak? Batafsil ma’lumotlar.

5
King Fahd universiteti: Saudiya Arabistonida to‘liq grant

King Fahd universitetida bepul ta'lim olish imkoniyati

QS 2022 jahon reytingida 163-o‘rinni egallagan Saudiya Arabistonidagi nufuzli King Fahd universiteti magistratura va doktorantura bosqichlari uchun xalqaro talabalariga to‘liq moliyalashtirilgan MS and PhD scholarships dasturini taklif etadi. Ushbu grant tabiiy fanlar, muhandislik va biznes yo‘nalishlarida o‘qishni xohlovchi iqtidorli yoshlar uchun ajoyib imkoniyatdir.

Grant dasturining afzalliklari

  • Kontrakt miqdori to‘liq qoplanadi;
  • Turar joy va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta'minlanadi;
  • Universitet oshxonasida ovqatlanish uchun chegirmalar mavjud.

Qabul jarayoni va hujjatlar ro‘yxati

Dasturga onlayn qabul yiliga 2 marotaba amalga oshiriladi. Arizalar uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • Pasport nusxasi;
  • Bakalavriat diplomi (magistratura uchun) yoki magistratura diplomi (PhD uchun);
  • 1 betlik insho (Statement of Purpose);
  • 2 ta tavsiyanoma;
  • Akademik yutuqlar;
  • GMAT (MBA kurslari uchun);
  • CV va pasport o‘lchamidagi rasm;
  • TOEFL (magistratura uchun min. 68 iBT, doktorantura uchun 79 iBT) yoki IELTS (magistratura uchun min. 6.0, doktorantura uchun 6.5).

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun oliygohlar haqida ma'lumotlar bilan tanishishingiz yoki talabalar uchun ajratilgan bo‘limimizga tashrif buyurishingiz mumkin.

Ariza topshirish

Onlayn arizani ushbu havola orqali rasmiy saytda to‘ldiring. Savollar bo‘yicha [email protected] elektron manzili yoki +966-3-860-2800 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar