Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar davlat oliy ta'lim muassasalariga imtihonsiz, faqat suhbat orqali qabul qilinadi. Ular o'qishni birdaniga 2-kursdan boshlash imkoniyatiga ega.
Hozirda ushbu toifadagi abituriyentlar uchun qabul jarayonlari davom etmoqda. Hukumat qaroriga ko'ra, suhbat jarayoni qat'iy mezonlar asosida tashkil etiladi.
Suhbat savollari nimadan bo'ladi
Suhbat davomida talabgorga quyidagi 4 ta yo'nalish bo'yicha jami 4 ta savol beriladi:
- Sohadagi islohotlar: mamlakatda o'z sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini tushunish
- Motivatsiya: bakalavriat ta'lim yo'nalishini tanlashda motivatsiya (soha kasbining ijtimoiy ahamiyatini tushunish)
- Shaxsiy-kasbiy xususiyatlar: o'qishga qobiliyat, intizomlilik, mas'uliyatlilik, shaxsiy yutuqlar va ijodkorlik
- Bilim darajasi: tanlangan bakalavriat ta'lim yo'nalishi sohasidagi bilim va kasbiy ko'nikmalarning mavjudligi
Baholash tizimi
Suhbat natijasida to'plash mumkin bo'lgan maksimal ball — 100 ball etib belgilangan. Har bir yo'nalish bo'yicha nomzodning javoblari komissiya a'zolari tomonidan baholanadi.
Avvalroq texnikum bitiruvchilari OTMga qanday kirishi haqida batafsil suhbat tartibi yoritilgan edi.
Ta'lim sohasidagi eng dolzarb yangiliklar va rasmiy e'lonlarni InfoEdu.uz saytida o'qishingiz mumkin.
Reklama













Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.