Test sinoviga nimalarni olib kirish mumkin?

Test sinoviga qanday buyumlarni olib kirishga ruxsat beriladi? Telefon, ruchka, suv va boshqa buyumlar bo‘yicha amaldagi qoidalar bilan tanishing.

66
Test sinoviga nimalarni olib kirish mumkin?

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlari oldidan Bilim va malakalarni baholash agentligi abituriyentlar uchun muhim eslatmalarni e'lon qildi.

Test sinoviga kirishda ayrim buyumlarni olib kirishga ruxsat berilsa, boshqalari qat'iyan taqiqlanadi. Shu sababli abituriyentlar test kuni ortiqcha buyumlar olib kelmasliklari tavsiya etiladi.

Test sinovida ishtirok etishdan avval Abituriyentlar uchun ruxsatnomalarni yuklab olish boshlandi maqolamiz orqali ruxsatnomangizni yuklab olganingizni ham tekshirib qo‘ying.

Reklama

Test sinoviga olib kirishga ruxsat beriladigan buyumlar

Abituriyentlar quyidagi buyumlarni o‘zlari bilan olib kirishi mumkin:

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta);
  • abituriyent ruxsatnomasi;
  • kepka yoki panama;
  • oddiy qo‘l soati (smart-soatlar taqiqlanadi);
  • optik ko‘zoynak;
  • pul;
  • dastro‘mol;
  • kalit.

Qaysi buyumlarni olib kirish taqiqlanadi?

Test sinovi hududiga quyidagi buyumlarni olib kirishga ruxsat berilmaydi:

  • mobil telefon va boshqa elektron qurilmalar;
  • shpargalka;
  • kalkulyator;
  • ruchka;
  • suv;
  • qoralama qog‘oz;
  • Mendeleyev jadvali va fizik kattaliklar jadvallari;
  • tibbiy niqob;
  • avtomobil pulti.

Mazkur buyumlarning ayrimlari test sinovi o‘tkaziladigan binoda abituriyentlarga taqdim etiladi yoki kirish joyida qoldiriladi.

Ichkarida nimalar beriladi?

Test sinovlari davomida zarur bo‘ladigan ayrim vositalar tashkilotchilar tomonidan beriladi. Jumladan:

  • ruchka;
  • ichimlik suvi;
  • qoralama qog‘oz;
  • Mendeleyev jadvali va fizik kattaliklar jadvallari;
  • tibbiy niqob.

Shu sababli ushbu buyumlarni uyidan olib kelishning hojati yo‘q.

Abituriyentlarga tavsiya

Test kuni belgilangan manzilga oldindan yetib kelish, shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda ruxsatnomani oldindan tayyorlab qo‘yish tavsiya etiladi. Shuningdek, taqiqlangan buyumlarni olib kelmaslik test hududiga kirish jarayonini tezlashtiradi.

Yo‘q. Mobil telefon va boshqa elektron qurilmalarni test hududiga olib kirish taqiqlanadi.
Yo‘q. Ruchka test o‘tkaziladigan binoda tashkilotchilar tomonidan beriladi.
Yo‘q. Faqat oddiy qo‘l soatidan foydalanishga ruxsat beriladi. Smart-soatlar test hududiga olib kirilmaydi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar