Talabalar yotoqxonasida to‘lov imtiyozlari: Kimlar uchun?
Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun yotoqxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar tizimi mavjud. Ushbu imtiyozlar oliy ta’lim muassasalari Kengashi tomonidan belgilanadi va ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda faol talabalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Talabalar uchun barcha yangiliklardan xabardor bo‘lish muhim.
Yotoqxona to‘lovidan 100% ozod etilganlar
Quyidagi toifadagi talabalar yotoqxona to‘lovlaridan to‘liq ozod etiladi:
- ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;
- chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
- mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.
50 foizlik chegirma kimlarga beriladi?
Quyidagi toifadagi talabalar uchun yotoqxona to‘lovidan 50 foiz chegirma taqdim etiladi:
- umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;
- vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalar.
Siz o‘qiyotgan oliygohlar tomonidan taqdim etilayotgan ushbu imtiyozlardan foydalanish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishingiz so‘raladi. Bu yangilik sizga qanday ta'sir qildi? Fikringizni yozib qoldiring.











Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.