2030-yilgacha barcha talabalar uchun yotoqxona qurib bitkaziladi

Talabalar turar joyi yetishmayaptimi? 2030-yilgacha barcha talabalar ehtiyojini qoplaydigan yotoqxonalar qurilishi rejalashtirilmoqda — qancha o‘rin qurilgan va kimlar ustuvor, maqoladan bilib oling.

2030-yilgacha barcha talabalar uchun yotoqxona qurib bitkaziladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha talabalar ehtiyojini to‘liq qoplaydigan darajada talabalar turar joylari qurib bitkaziladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Ta’lim xabarlari.

Qancha yotoqxona qurilgan?

So‘nggi 10 yil davomida respublikada jami 100 ming o‘rinli talabalar turar joylari qurilgan. Taqqoslash uchun — undan avvalgi 100 yil davomida jami 55 ming o‘rinli yotoqxonalar barpo etilgan. Yangi binolar davlat-xususiy sheriklik asosida qurilmoqda.

Reklama

Kimlar ustuvor joylashtiriladi?

Hozir kunduzgi ta’limda tahsil olayotgan talabalarning kamida 20 foizini viloyatlardan kelganlar tashkil etadi. Avvalo, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bo‘lgan yoshlar, keyin esa uzoq va chekka hududlardan kelgan talabalar ustuvorlikka ega.

Ijara to‘lovi qanday qoplanadi?

Yotoqxonaga joylashmagan talabalar uchun ijara to‘lovining yarmi davlat tomonidan qoplanadi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, hozir yotoqxonada tursa ham, ijarada tursa ham xarajat bir xil bo‘ladi. Shuningdek, yotoqxonaga ehtiyoji bo‘lgan talabalar 15-avgustdan boshlab maxsus platforma orqali ro’yxatdan o‘tishi mumkin. 1-kurs talabalari yotoqxonaga qachon ariza topshirishi haqida avvalroq yozgan edik.

InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

Talabalar ehtiyojini to‘liq qoplaydigan darajada talabalar turar joylari qurib bitkaziladi. So‘nggi 10 yilda 100 ming o‘rinli yotoqxona qurilgan.
Avvalo ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bo‘lgan yoshlar, keyin uzoq va chekka hududlardan kelgan talabalar ustuvorlikka ega.
Ularning ijara to‘lovining yarmi davlat tomonidan qoplanadi. Yotoqxonaga ehtiyoji bo‘lganlar 15-avgustdan maxsus platforma orqali ro’yxatdan o‘tishi mumkin.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar