1-bosqich talabalari yotoqxonaga ariza topshirishi mumkin

1-bosqichga tavsiya etilganlar uchun yotoqxona arizasi ochildi. Arizani qayerda topshirish mumkin va joylar qanday taqsimlanadi — maqoladan bilib oling.

1-bosqich talabalari yotoqxonaga ariza topshirishi mumkin

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish xizmati 1-bosqich talabalari uchun ham ishga tushirildi. 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar 18-avgustdan boshlab ariza topshirishi mumkin, deya xabar bermoqda Xalq ta’limi vazirligi.

Arizani qayerda topshirish mumkin?

Ariza Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali topshiriladi. Talabalar turar joylariga joylashtirish belgilangan tartib va mavjud o‘rinlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Reklama

Joylar qanday taqsimlanadi?

Reglamentga muvofiq, dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Jumladan, 1-kurs talabalari uchun 55–65 foizgacha joy ajratiladi.

Avvalroq 1-kurs talabalari yotoqxonaga qachon ariza topshirishi haqida yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

18-avgustdan boshlab 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali ariza topshirishi mumkin.
Dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar qabul qilinadi, keyin umumiy ro‘yxatdagilar navbat asosida joylashtiriladi. 1-kurs uchun 55–65 foizgacha joy ajratiladi.
Ariza Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali topshiriladi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar