Mirzo Ulug‘bek vorislari: Talabalar uchun stipendiyali kurslar

O‘zbekistonda talabalar uchun stipendiya to‘lanadigan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” o‘quv kurslari ochilmoqda. Imtiyozlar va qabul shartlari bilan tanishing.

4
Mirzo Ulug‘bek vorislari: Talabalar uchun stipendiyali kurslar

Mirzo Ulug‘bek vorislari: Yangi imkoniyatlar

O‘zbekistonda talabalar uchun har oy 1 million 320 ming so‘m stipendiya to‘lanadigan maxsus o‘quv kurslari tashkil etilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 19-maydagi qaroriga muvofiq, “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov dasturi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Kurs yo‘nalishlari va o‘qitish tartibi

Dastur doirasida talabalar quyidagi yo‘nalishlarda bilim olishlari mumkin:

  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar (boshlang‘ich);
  • Matematik statistika;
  • Algoritmlash asoslari;
  • Ma’lumotlarni qayta ishlash;
  • Dasturlash tillari (Python);
  • Ingliz tili;
  • Qaror qabul qilish asoslari.

Ta’lim 34 hafta davomida “Blending learning” (aralash ta’lim) texnologiyasi asosida olib boriladi. Talabalar uchun tashkil etilgan ushbu kurslarda birinchi yili 60 nafar tinglovchi qabul qilinadi.

Kimlar qatnasha oladi?

Kursda respublika davlat OTMlarining bakalavriat bosqichida 2-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan, akademik qarzdorligi bo‘lmagan talabalar ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda muvaffaqiyat qozongan talabalar bir yil muddatga Toshkent shahridagi OTMlarga akademik mobillik asosida o‘tkaziladi.

Tinglovchilar uchun imtiyozlar

Qabul qilingan talabalar uchun quyidagi sharoitlar yaratiladi:

  • Oyiga 1 mln 320 ming so‘m miqdorida stipendiya;
  • Turar joy bilan ta’minlash yoki ijara to‘lovining bir qismini qoplash;
  • Bir mahal issiq ovqat;
  • Noutbuk va zarur texnika vositalari;
  • IT-park rezidentlari bo‘lgan tashkilotlarda amaliyot o‘tash imkoniyati.

Kursni yakunlaganlarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi. Kirish ballari yo'nalishlar kesimida va boshqa ma'lumotlar uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar