Toshkentda talaba xarajatlari: Stipendiya yetarlimi?

Toshkentda talabalarning oylik xarajatlari qancha? Davlat stipendiyasi ijara va yashash xarajatlarini qoplaydimi? Batafsil tahlil va videolavha.

4
Toshkentda talaba xarajatlari: Stipendiya yetarlimi?

Toshkentda talabalar qancha xarajat qiladi?

Toshkent — nafaqat ilm-fan, balki talabalar shahri hamdir. Har qadamda o‘qish va ish bilan band yoshlarni uchratish mumkin. Biroq, talabalik davri moliyaviy qiyinchiliklardan holi emas. Ijara to‘lovlari, yo‘l xarajatlari va oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshib borayotgan bir paytda, talabaga qancha mablag‘ kerak?

Talabalarning oylik xarajatlari tahlili

O‘tkazilgan so‘rovnomalarga ko‘ra, aksariyat talabalar bir oylik ehtiyojlari uchun 1-1,5 mln so‘m atrofida mablag‘ sarflashadi. Poytaxtlik talabalar uchun bu ko‘rsatkich 200-500 ming so‘mni tashkil etsa, viloyatdan kelganlar uchun ijara va yashash xarajatlari ancha yuqori.

  • Davlat tomonidan beriladigan o‘rtacha 517 ming so‘m stipendiya ko‘pincha asosiy xarajatlarni qoplashga yetmaydi.
  • Poytaxtda ijara uylarining o‘rtacha narxi bir talaba uchun 600-700 ming so‘m atrofida.

Talabalar uchun foydali manbalar

Agar siz talabalar uchun foydali ma'lumotlar yoki kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot izlayotgan bo'lsangiz, infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Davlat berayotgan stipendiya va talabaning haqiqiy ehtiyojlari o‘rtasidagi farq hamda yoshlarning fikrlari bilan batafsil videolavha orqali tanishishingiz mumkin: Videoni tomosha qilish

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar