Xususiy oliygohdan davlat OTMga o’qishni ko’chirish tartibi

Xususiy oliygohdan davlat OTMga o’qishni ko’chirish (perevod) tartibi, muddatlari va talablari bilan tanishing. Barcha jarayonlar bosqichma-bosqich tushuntirilgan.

4
Xususiy oliygohdan davlat OTMga o’qishni ko’chirish tartibi

Xususiy oliygohdan davlat OTMga o'qishni ko'chirish tartibi

Ko'plab talabalar o'qishni davlat oliy ta'lim muassasasiga ko'chirish qoidalariga qiziqishadi. Ushbu jarayon qat'iy tartibda amalga oshiriladi va ma'lum muddatlarni o'z ichiga oladi.

O'qishni ko'chirish muddatlari

Har yili 15-iyuldan o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonlari boshlanadi va 5-avgust sanasida yakunlanadi. 20-25-avgust oralig'ida esa o'qishni ko'chirish uchun imtihon jarayonlari tashkil etiladi.

Ro'yxatdan o'tish tartibi

Nodavlat oliygohda tahsil olayotgan talabalar davlat oliygohiga o'qishni ko'chirish uchun uzbmb.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tishlari shart. Arizani onlayn to'ldirish jarayonida transkript (yoki zachotka) hujjatining elektron nusxasini (PDF yoki JPG) yuklash talab etiladi. O'zingizga mos oliygohlar yo'nalishlari va talabalar uchun foydali ma'lumotlarni saytimizdan olishingiz mumkin.

O'qishni ko'chirishning 2 xil usuli

Nodavlat OTM talabasi davlat oliygohiga quyidagi ikki usul bilan o'qishini ko'chirishi mumkin:

  • Mos va turdosh yo'nalishlar: Imtihon asosida o'qishni ko'chirish.
  • Noturdosh yo'nalishlar: Imtihonsiz, belgilangan tartibda super-kontrakt to'lovi asosida ko'chirish.

Siz bu jarayon haqida qanday fikrdasiz? Savollaringiz bo'lsa, izoh qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar