Maktab baholari OTM kirish imtihonlarida hisobga olinadi

Endilikda maktab bitiruvchilarining 6-11-sinf baholari OTM kirish imtihonlarida inobatga olinadi. Yangi tartib va baholash tizimi haqida batafsil ma’lumot.

2
Maktab baholari OTM kirish imtihonlarida hisobga olinadi

Maktab baholari OTMga kirishda qanday hisoblanadi?

Oliy ta’lim muassasalariga kirish jarayonida muhim o‘zgarish joriy etildi. Endilikda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasidagi baholar yakuniy ballarga ta’sir qiladi.

Yangi tartibning mohiyati

Tasdiqlangan nizomga ko‘ra, majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik (6–11-sinflar yoki 6–9-sinflar va 1-2-bosqichlar) baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi hisoblab chiqiladi. Bu ko‘rsatkich kirish ballari yo'nalishlar kesimida tahlil qilinganda, abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat yoki mas’uliyat yuklaydi.

Baholarning o‘rtacha ko‘rsatkichi elektron platformalar orqali avtomatik tarzda hisoblanib, DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi. Bu jarayon abituriyentlar uchun shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Baholarni ballga o‘tkazish tizimi

Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va baholar quyidagicha baholanadi:

  • 86-100% uchun – 5 baho;
  • 71-85% – 4 baho;
  • 56-70% – 3 baho;
  • 56% gacha – 2 baho.

Ushbu yangilik bo‘yicha o‘z fikrlaringizni izohlar qismida qoldirishingiz mumkin.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar