Avstriyada haq to’lanadigan ilmiy amaliyot dasturi

Avstriyaning tabiiy fanlar va texnologiya institutida bakalavr va magistrlar uchun 1086 yevrolik haq to’lanadigan ilmiy amaliyot dasturiga qanday topshirish kerak?

4
Avstriyada haq to’lanadigan ilmiy amaliyot dasturi

Avstriyada haq to'lanadigan ilmiy amaliyot dasturi

Avstriyaning tabiiy fanlar va texnologiya instituti (IST Austria) bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari hamda bitiruvchilari uchun xalqaro ilmiy amaliyot dasturini e'lon qildi. Bu talabalar uchun o'z ilmiy salohiyatini xalqaro darajada oshirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Amaliyot dasturi 1 yil muddatgacha tayinlanadi va nomzodlarga 1086 yevro miqdorida oylik stipendiya to'lanadi.

Graduate School Homepage IST Austria

Amaliyot dasturiga qo'yilgan talablar

  • Bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabasi bo'lish yoki diplomga ega bo'lish;
  • Xalqaro talabalar uchun ochiq;
  • Amaliyot yo'nalishi nomzodning o'qigan sohasiga mos kelishi;
  • Tanlangan yo'nalishga kuchli qiziqish va bazaviy tajriba ko'nikmalariga ega bo'lish;
  • Qo'shimcha ish tajribasi va malaka ustunlik beradi.

Qabul jarayoni va hujjatlar

Dasturda ishtirok etish uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida o'z bilim darajasini baholagan yoshlar uchun ham imkoniyatlar mavjud. Qabul jarayoni quyidagicha:

  1. Mos tadqiqot guruhlari ro'yxatidan o'z yo'nalishingizni tanlang.
  2. Tadqiqot rahbari bilan email orqali bog'laning.
  3. Murojaat xatiga quyidagilarni ilova qiling:
    • Ta'lim va ish tajribasi haqida qisqacha ma'lumot hamda motivatsiya xati;
    • CV (PDF formatda);
    • Amaliyot uchun qulay muddatlar.

Muhim: Dasturga yilning istalgan vaqtida ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. Batafsil ma'lumotlarni rasmiy havola orqali kuzating.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar