Max Planck institutida amaliyot: Talabalar uchun imkoniyat

Germaniyaning nufuzli Max Planck institutida informatika yo’nalishida amaliyot o’tashni istaysizmi? Talablar, imtiyozlar va ariza topshirish tartibi bilan tanishing.

6
Max Planck institutida amaliyot: Talabalar uchun imkoniyat

Germaniyaning Max Planck institutida amaliyot o‘tash imkoniyati

Germaniyaning nufuzli Max Planck instituti iqtidorli va bilimli bakalavr, magistr hamda doktorantlar uchun xalqaro amaliyot dasturini e’lon qiladi. Bu tadqiqot dasturi talabalarga dunyo miqyosidagi professorlar va aspirantlar bilan birgalikda ilmiy izlanishlar olib borish imkonini beradi.

Dastur haqida asosiy ma'lumotlar

Dastur informatika va texnologiya sohalariga ixtisoslashgan bo‘lib, stajyorlar murakkab ilmiy muammolarga yechim topish jarayonida bevosita ishtirok etadilar. Odatda dastur 12-14 oy davom etadi va yil davomida ariza qabul qilinadi, biroq yozgi mavsum eng ko‘p tanlanadigan davr hisoblanadi.

Kimlar qatnasha oladi?

Dasturda dunyo bo‘ylab informatika va texnologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin. Asosiy talablar quyidagilardan iborat:

  • Bakalavr (kamida 3-kursni tamomlagan), magistratura yoki doktorantura bosqichida o‘qiyotgan yoki uni yaqinda tugatgan bo‘lish;
  • Max Planck instituti tadqiqotlariga katta qiziqish bildirish;
  • Computer Science bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlar;
  • A’lo darajadagi akademik ko‘rsatkichlar.

Amaliyotning imtiyozlari

Dastur doirasida ishtirokchilarga quyidagi qulayliklar taqdim etiladi:

  • Oylik stipendiya;
  • Bepul turar joy;
  • Amaliyot joyigacha transport xizmati.

Ariza topshirish tartibi

Nomzodlar ushbu havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va kerakli hujjatlarni yuklashlari lozim. Dastur boshlanishidan kamida 4 oy avval ariza topshirish tavsiya etiladi. Qo‘shimcha savollar uchun rasmiy sahifaga tashrif buyuring.

Ta’lim va xalqaro imkoniyatlar haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun talabalar uchun ajratilgan bo‘limimizni kuzatib boring. Shuningdek, yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishish orqali o‘z kelajagingizni to‘g‘ri rejalashtiring.

Batafsil ma’lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar