UNICEF’da amaliyot: Quvaytda Early Childhood Development

UNICEF Quvaytda Early Childhood Development Officer lavozimi uchun haq to‘lanadigan amaliyot dasturini e’lon qildi. 19-29 yoshli yoshlar uchun ajoyib imkoniyat!

5
UNICEF’da amaliyot: Quvaytda Early Childhood Development

UNICEF'da xalqaro amaliyot: Quvaytga yo‘llanma

Xalqaro tashkilotlarda faoliyat boshlashni istagan yoshlar uchun ajoyib yangilik! UNICEF Quvaytda "Early Childhood Development Officer" (Bolalikni erta rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis) lavozimi uchun haq to‘lanadigan amaliyot dasturiga qabul boshlanganini e’lon qildi.

UNICEF haqida qisqacha

UNICEF dunyoning 190 dan ortiq mamlakatida bolalar huquqlarini himoya qilish, ularning hayotini saqlab qolish va orzularini ro‘yobga chiqarish yo‘lida faoliyat yuritadi. Hozirgi kunda tashkilot o‘z jamoasiga g‘ayratli volontyorlar va amaliyotchilarni qidirmoqda.

Amaliyot uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar

  • Bakalavriat bosqichida yoki bitiruvchi: sog‘liqni saqlash, ijtimoiy fanlar yoki maktabgacha ta’lim yo‘nalishlari;
  • Yosh bolalar bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba;
  • Ingliz tilini erkin darajada bilish;
  • Bola huquqlari va himoyasi bo‘yicha xalqaro bilimlar;
  • 19-29 yosh oralig‘ida bo‘lish;
  • Iqtisodiy va siyosiy yangiliklardan xabardorlik.

Eslatma: Talabalar uchun xalqaro tajriba orttirish kelajakdagi karyera uchun muhim qadamdir. Agar siz kelajakda xorijiy Kirish ballari yo'nalishlar kesimida tanlangan sohalarda o‘qishni davom ettirmoqchi bo‘lsangiz, ushbu amaliyot dasturi sizga katta ustunlik beradi.

Dastur muddati va vazifalar

Amaliyot dasturi 6 oy va 2 hafta muddatga mo‘ljallangan. Nomzodlar quyidagi vazifalarni bajarishlari kutiladi:

  • Bolalarni oziqlantirish va immun tizimini yaxshilash loyihalariga ko‘maklashish;
  • Nodavlat va davlat tashkilotlari bilan hamkorlik uchrashuvlarini tashkil etish;
  • Safar hisobotlarini tayyorlash va loyihalarni baholash.

Ariza topshirish: Batafsil ma’lumot va onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun SHU YERNI BOSING.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar