2026-yildan boshlab SAT xalqaro sertifikati magistratura bosqichiga qabulda ham imtiyoz beradigan hujjatlar qatoriga kiritildi. Endilikda belgilangan talablarni bajargan talabgorlar qo‘shimcha davlat granti asosida magistratura talabasiga aylanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Mazkur tartib "College Board" tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan SAT imtihonida yuqori natija qayd etgan talabgorlarga tatbiq etiladi.
Qancha ball to‘plash kerak?
Reklama
Amaldagi tartibga ko‘ra, SAT imtihonida 1200 ball yoki undan yuqori natija qayd etgan talabgorlar ushbu imtiyozdan foydalanishi mumkin.
Bu ko‘rsatkich SAT imtihonidagi maksimal ballning 75 foizi hisoblanadi.
Imtiyoz qaysi magistratura yo‘nalishlariga amal qiladi?
SAT sertifikati asosidagi imtiyoz barcha magistratura mutaxassisliklari uchun emas.
U faqat:
- sertifikat olingan fan bilan bog‘liq;
- bakalavriatda tamomlangan ta’lim yo‘nalishiga mos yoki turdosh magistratura mutaxassisliklariga
hujjat topshirilganda amal qiladi.
Magistraturaga hujjat topshirishdan oldin Magistraturaga topshirilgan hujjatlar qanday tekshiriladi? maqolamiz bilan ham tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi.
Talabgorlar qanday tartibda grant asosida qabul qilinadi?
Belgilangan talablarni bajargan talabgorlar magistraturaga qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etiladi.
Bu grant umumiy qabul kvotasidan tashqari ajratiladi.
SAT sertifikatini qanday taqdim etish kerak?
SAT sertifikatini oddiy fayl yoki skrinshot ko‘rinishida yuklash yetarli emas.
Amaldagi tartibga ko‘ra, sertifikat faqat elektron shaklda va maxsus DI kod orqali Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuborilishi kerak.
Qo‘lda yuklangan hujjatlar yoki sertifikat skrinshotlari rasmiy tasdiq sifatida qabul qilinmaydi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.