O‘zbekistonda xususiy oliy ta’lim muassasalari soni 72 taga yetdi
Bugungi kunda ta’lim sohasidagi eng dolzarb yangiliklardan biri — O‘zbekistonda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari sonining oshishidir. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 30.12.2022 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda litsenziya olgan xususiy oliygohlar soni 72 tani tashkil etmoqda.
Agar siz abituriyent bo‘lsangiz, o‘zingizni qiziqtirgan kirish ballari yo‘nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Shuningdek, barcha abituriyentlar uchun foydali resurslarimizni kuzatib boring.
Xususiy oliygohlar va ta’lim yo‘nalishlari
Quyida litsenziyaga ega nodavlat oliy ta’lim muassasalari va ulardagi asosiy ta’lim yo‘nalishlari keltirilgan:
- AKFA Universiteti: Iqtisodiyot, Biznes, IT, Arxitektura, Tibbiyot va boshqalar.
- Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti: Mexanika, Kompyuter injiniringi, Dasturiy injiniring.
- British Management University: Moliya, Logistika, Biznes boshqaruvi.
- Alfraganus University: Iqtisodiyot, Pedagogika, Dasturiy injiniring, Sun’iy intellekt.
- Toshkent shahridagi Inha universiteti: Kompyuter fanlari, Dasturiy injiniring, Biznes boshqaruvi.
Ro‘yxatdagi barcha oliygohlar haqida batafsil ma’lumot olish uchun oliygohlar kirish ballari sahifasiga o‘tishingiz mumkin. Ta’lim sohasidagi yangiliklarni o‘tkazib yubormang!

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.