Rossiyaning TOP-1000 universitetlari: Abituriyentlar uchun ro’yxat

Rossiyaning dunyo bo’yicha TOP-1000 talik ro’yxatiga kirgan 28 ta nufuzli universitetlari bilan tanishing. Diplomlari O’zbekistonda to’g’ridan-to’g’ri tan olinadi.

2
Rossiyaning TOP-1000 universitetlari: Abituriyentlar uchun ro’yxat

Rossiyaning nufuzli TOP-1000 universitetlari ro‘yxati

Abituriyentlar va xorijda ta'lim olishni istagan talabalar uchun muhim ma'lumot. Dunyo reytinglarida yuqori o'rinlarni egallagan Rossiya oliy ta'lim muassasalarida o'qish kelajakdagi karyerangiz uchun katta imkoniyatdir.

Agar siz abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlar izlayotgan bo'lsangiz, ushbu ro'yxat aynan siz uchun.

TOP-1000 ro'yxatiga kirgan Rossiya universitetlari

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ma'lumotlariga ko'ra, 2021-yilgi reytingda Rossiyaning 28 ta universiteti o'z o'rnini egalladi:

  • M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (74-o‘rin)
  • Sankt-Peterburg davlat universiteti (225-o‘rin)
  • Novosibirsk davlat universiteti (228-o‘rin)
  • Tomsk davlat universiteti (250-o‘rin)
  • Moskva fizika-texnika instituti (281-o‘rin)
  • Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti (282-o‘rin)
  • XSE universiteti (298-o‘rin)
  • “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti (316-o‘rin)
  • Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (329-o‘rin)
  • Ural federal universiteti (334-o‘rin)
  • MGIMO (350-o‘rin)
  • Universitet ITMO (361-o‘rin)
  • Qozon federal universiteti (370-o‘rin)
  • Buyuk Petr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti (401-o‘rin)
  • Milliy tadqiqot TOMSK politexnika universiteti (402-o‘rin)
  • Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS” (428-o‘rin)
  • Uzoq sharq federal universiteti (494-o‘rin)
  • Saratov milliy tadqiqot davlat universiteti (524-o‘rin)
  • Oltoy davlat universiteti (572-o‘rin)
  • Samara milliy tadqiqot universiteti (597-o‘rin)
  • Janubiy federal universiteti (598-o‘rin)
  • N.I.Lobachevsk nomidagi Nijegorod davlat universiteti (622-o‘rin)
  • Sankt-Peterburg elektrotexnika universiteti (728-o‘rin)
  • G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti (775-o‘rin)
  • Novosibirsk davlat texnika universiteti (868-o‘rin)
  • Perm davlat milliy tadqiqotlar universiteti (871-o‘rin)
  • Janubiy-Ural davlat universiteti (893-o‘rin)
  • Rossiya Prezidentining Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi (902-o‘rin)

Eslatib o‘tamiz: Ushbu ro‘yxatga kiritilgan OTMlarda olingan diplomlar butun dunyoda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi. Talabalar uchun ta'lim sohasidagi boshqa yangiliklarni kuzatib boring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar