Qisqarishga tushgan xodimlar huquqlari: Nimalarni bilish kerak?

Maktabda shtat qisqarishi sababli ishdan bo’shatilayotgan psixolog, kutubxonachi va laborantlar qanday huquqlarga ega? Kompensatsiya olish tartibini o’rganing.

4
Qisqarishga tushgan xodimlar huquqlari: Nimalarni bilish kerak?

Qisqarishga tushgan psixolog, kutubxonachi hamda laborantlarning huquqlari

Bugungi kunda umumta'lim muassasalarida shtatlar qisqarishi sababli kutubxonachi, psixolog va laborant lavozimlaridagi xodimlar uchun ogohlantirish xatlari tarqatilmoqda. Ko'plab xodimlar o'z huquqlarini bilmagan holda ish beruvchining tavsiyasi bilan "o'z xohishiga ko'ra" ariza yozib qo'ymoqdalar.

Ishdan bo'shatishda qanday huquqlar mavjud?

Mehnat huquqi bo'yicha mutaxassis Muhammadamin Karimjonov qisqarishga tushgan xodimlarga quyidagi savollar bo'yicha oydinlik kiritdi:

  • O'z xohishi bilan ishdan bo'shash to'g'rimi?
  • Qanday holatda 2 oylik kompensatsiya va ishdan bo'shatish nafaqasi to'lanadi?
  • Ish beruvchi qanday majburiyatlarga ega?

Eslatib o'tamiz, pedagog kadrlar o'z malakasini oshirishda pedagog attestatsiya jarayonlariga ham alohida e'tibor qaratishlari lozim.

Xatolardan saqlaning: Ariza yozmang!

Agar siz o'z xohishingiz bilan ariza yozsangiz, Mehnat kodeksining 165, 173 va 100-moddalarida nazarda tutilgan barcha kompensatsiya va nafaqalardan mahrum bo'lasiz. Ish beruvchining "keyin qayta ishga olaman" degan va'dalariga ishonmang. Shartnomani MK 161-moddasi 2-qismi 2-bandi bilan bekor qilishni talab qiling.

Shuningdek, ta'lim sohasidagi yangiliklar va talabalar uchun foydali ma'lumotlarni saytimiz orqali kuzatib boring.

Ish beruvchining majburiyatlari

MK 144-moddasiga ko'ra, ish beruvchi sizga mutaxassisligingizga mos boshqa ish taklif qilishi shart. Agar tashkilotda 6 oy ichida siz egallagan lavozim bo'yicha vakant o'rin ochilsa, sizni qayta ishga qabul qilishlari shart.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar