Qabul 2024: Abituriyentlar uchun ro‘yxatga olish jarayoni
2024-2025-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari jarayoni boshlandi. Abituriyentlar o‘z hujjatlarini my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn tarzda taqdim etishlari mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish muddatlari va tartibi
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish jarayoni 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi qadamlarni bajarish lozim:
- my.uzbmb.uz saytiga kiring;
- “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limini tanlang;
- Kerakli ma’lumotlarni to‘ldirib, yo‘nalishlarni tanlang.
Tanlangan yo‘nalishlar bo‘yicha kirish ballari yo‘nalishlar kesimida ma’lumot olish orqali o‘z imkoniyatlaringizni baholab olishingiz mumkin. Shuningdek, abituriyentlar uchun barcha dolzarb yangiliklarni kuzatib boring.
my.uzbmb.uz dan onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma
Ushbu videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonini xatosiz yakunlash bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin. Jarayon haqida savollaringiz bo‘lsa, izohlarda yozib qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.