Qabul 2022: Abituriyentlarni qanday yangiliklar kutyapti?

2022-2023 o’quv yili qabul jarayonlari: baholash mezonlari, 5 ta fan bo’yicha imtihonlar va abituriyentlar uchun muhim o’zgarishlar bilan tanishing.

3
Qabul 2022: Abituriyentlarni qanday yangiliklar kutyapti?

2022-2023 o‘quv yili qabul jarayonidagi muhim o‘zgarishlar

Oliygohlarga kirish imtihonlariga sanoqli kunlar qoldi. Bu yil maktabni 600 ming o‘quvchi bitiradi. Oldingi yillarda maktablarni bitirganlarni ham qo‘shib hisoblasa, jami 1 mln 7 ming abituriyent OTMga kirish uchun hujjat topshirishi prognoz qilinyapti.

OTMlarning bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun test sinovlari ketma-ket uchinchi yildirki koronavirus sababli stadionlar va xiyobonlarda o‘tkaziladi.

Baholash mezonlari va fanlar majmuasi

Bu yil 5 ta fandan imtihon bo‘ladi. Davlat komissiyasining 13-son bayoni bilan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi. Abituriyentlar uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida hamda DTM standartidagi test tizimi yordamida tayyorgarlik ko'rish muhim ahamiyatga ega.

Endi mutaxassislik blokidagi 1-fanga 3,1 balldan, 2-fanga 2,1 balldan beriladi. Bu o‘zgarish abituriyentlarning 5 ta yo‘nalishni tanlash qamroviga ham ta’sir qiladi.

Joriy yilgi baholash mezoni

  • Majburiy 3 ta fan: Ona tili, Matematika, O‘zbekiston tarixi (har biri 10 ta savol, 1,1 balldan). Jami 33 ball.
  • Mutaxassislik fanlari: 1-fan (30 ta savol, 3,1 balldan), 2-fan (30 ta savol, 2,1 balldan). Jami 156 ball.

Umumiy holda, abituriyentlar maksimal 189 ball to‘plashlari mumkin.

Chet tili va ijodiy imtihonlar

Chet tilidan ijodiy imtihonda har bir ko‘nikma uchun 30 balldan, jami 120 ball beriladi. Bu ball 93 ballga foiz hisobida konvertatsiya qilinadi. Ijodiy imtihonlar yopiq binolarda tashkil etiladi.

Muhim eslatmalar

  • Kech qolgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.
  • Telefon va shpargalka olib kirish qat’iyan taqiqlanadi.
  • Maqsadli kvota orqali hujjat topshirish abituriyentning ixtiyorida.

Texnikumni bitirganlar ham OTMga kirish huquqiga ega. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishda ma’lumotlar bazada chiqmasa, ta’lim muassasasiga murojaat qilib, bazani yangilash talab etiladi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar