Psixologiya yo'nalishida qabul kvotalari oshiriladi
Abituriyentlar va bo'lajak talabalar uchun muhim yangilik: respublika oliy ta'lim muassasalarida psixologiya ta'lim yo'nalishlari bo'yicha davlat buyurtmasi asosidagi qabul parametrlari 30 foizga oshiriladi.
Ta'lim tizimidagi o'zgarishlar
Adliya vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, ta'lim sifatini oshirish va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida quyidagi choralar ko'rilmoqda:
- Oliy ta'lim tizimida fizika fanlari sohalarga moslashtirilgan holda o'qitiladi.
- Biologiya yo'nalishlarining 3- va 4-kurs talabalari uchun chuqurlashtirilgan o'qitish amaliyoti joriy etiladi.
- Kimyo va biologiya fanlari bo'yicha o'tkaziladigan olimpiada g'oliblari OTMlarga imtihonsiz qabul qilinadi.
O'z tanlagan yo'nalishingiz bo'yicha kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot olishingiz mumkin. Shuningdek, abituriyentlar uchun taqdim etilgan yangiliklarni kuzatib borishni tavsiya etamiz.
Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Fikr va mulohazalaringizni izohlar qismida yozib qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.