Professional ta’lim muassasalariga tanlov: 2024-yilgi tartib

Professional ta’lim muassasalariga kirish tanlovi boshlandi. 18-27-avgust kunlari my.uzbmb.uz orqali qanday ro‘yxatdan o‘tish va natijalarni bilishni o‘rganing.

4
Professional ta’lim muassasalariga tanlov: 2024-yilgi tartib

Professional ta’lim muassasalariga kirish tanlovi boshlandi

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida qatnashgan abituriyentlar uchun muhim yangilik e’lon qilindi. Joriy yilgi tanlov jarayoni 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustgacha davom etadi.

Ushbu 10 kunlik muddat ichida abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali o‘zlariga mos kollej yoki texnikumni, shuningdek, kasb va ta’lim shaklini tanlashlari zarur.

Tanlov jarayoni va muhim tavsiyalar

Abituriyentlar tanlov muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini tahrirlash imkoniyatiga ega. Yakuniy natijalar tanlov jarayoni to‘liq yakunlanganidan so‘ng bir hafta ichida e’lon qilinadi. O‘zingizni qiziqtirgan kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Shuningdek, abituriyentlar uchun barcha yangiliklarni kuzatib borishni unutmang.

Mandat natijalarini quyidagi botlar orqali bilib olishingiz mumkin:

Ushbu yangilik bo‘yicha o‘z fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring!

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar