Bokuda yoshlar sammiti: Barcha xarajatlar qoplanadi

Ozarbayjonning Boku shahrida bo’lib o’tadigan xalqaro yoshlar sammitida ishtirok eting. Transport, turar joy va ovqat xarajatlari to’liq qoplanadi.

3
Bokuda yoshlar sammiti: Barcha xarajatlar qoplanadi

Bokudagi xalqaro yoshlar sammiti uchun grant imkoniyati

Ozarbayjonning Boku shahrida bo'lib o'tadigan "Ozarbayjon sarmoyasi va madaniyati sammiti" ga yosh tadbirkorlar va startap egalari taklif etiladi. Bu tadbir talabalar uchun o'z loyihalarini xalqaro darajada namoyish etish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Sammit haqida asosiy ma'lumotlar

Islom hamkorlik yoshlar forumi (ICYF) va Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish agentligi (SMBDA) tomonidan tashkil etilgan ushbu sammit 27-29-oktyabr kunlari bo'lib o'tadi. Ishtirok etish butunlay bepul.

Tashkilotchilar ishtirokchilarning quyidagi xarajatlarini to'liq qoplaydi:

  • Transport xarajatlari;
  • Turar joy;
  • Ovqatlanish.

Qaysi sohadagi startaplar qabul qilinadi?

Sammitda quyidagi yo'nalishlardagi loyihalar ko'rib chiqiladi:

  • Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi texnologiyasi;
  • Yashil sanoat va qayta tiklanadigan energiya;
  • Fintech, o‘yinlar va ilovalar;
  • Smart Tech, aviatsiya va kosmik texnologiyalar;
  • Logistika va aqlli shahar.

Kimlar ishtirok eta oladi?

Dasturda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston kabi davlatlarning yosh tadbirkorlari qatnashishi mumkin. Nomzodlar Ozarbayjonga kirish uchun vaksinalanganlik hujjati yoki pasportiga ega bo‘lishlari shart. Abituriyentlar uchun ham bu kabi xalqaro tajribalar kelajakda katta yordam beradi.

Ariza topshirish muddati: 2021-yil 5-oktyabr.

Ariza topshirish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar