King's College London: To'liq moliyalashtirilgan grant dasturi
Dunyo reytingida 31-o‘rinda turuvchi va Angliyaning eng nufuzli oliygohlaridan biri hisoblangan King‘s College London magistratura va doktorantura bosqichida tahsil olish uchun to‘liq grant dasturini e'lon qildi. Bu talabalar uchun o'z bilimlarini xalqaro darajada oshirish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Grantning asosiy afzalliklari
Ushbu dastur doirasida qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega bo‘lishadi:
- Kontrakt to‘lovi to‘liq qoplanadi;
- Yillik stipendiya: £17,609 (taxminan 23 850$);
- Tadqiqot xarajatlari uchun qo‘shimcha: £5000 (6800$).
Qaysi yo‘nalishlar mavjud?
Grant quyidagi sohalar bo‘yicha taqdim etiladi:
- Tibbiyot va Stomatologiya;
- Psixologiya va Nevrologiya;
- Tabiiy fanlar;
- Matematika;
- Hamshiralik ishi.
Ariza topshirish tartibi va muddatlar
Nomzodlar o‘qishni 2022-yilning iyun oyida boshlashlari kerak. Arizalarni rasmiy portal orqali 2021-yil 1-oktabrgacha topshirish lozim. Ariza shakli bilan bu yerda tanishing.
Saralash jarayoni nomzodlarning akademik ko‘rsatkichlari va tadqiqot salohiyatiga asoslanadi. Yakuniy natijalar 2022-yil 1-martga qadar e’lon qilinadi. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun [email protected] manziliga murojaat qilishingiz mumkin. Abituriyentlar uchun ta’lim sohasidagi boshqa yangiliklarni kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.