Kalgari universiteti: Kanadada grant asosida o'qish imkoniyati
Kanadada ta'lim olishni istagan abituriyentlar uchun ajoyib yangilik! Kalgari universiteti (University of Calgary) xalqaro talabalar uchun nufuzli International Entrance Scholarship grantini e'lon qildi.
Kalgari universiteti haqida
Kalgari universiteti Kanadaning eng yaxshi 10 ta oliy o'quv yurtlari qatoriga kiradi. Dunyo miqyosidagi reytinglarda yuqori o'rinlarni egallab kelayotgan mazkur universitet o'zining kuchli tadqiqot bazasi va yuqori malakali professor-o'qituvchilari bilan mashhur. Agar siz kirish ballari yo'nalishlar kesimida tanlov qilishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, bu universitet siz uchun eng yaxshi tanlovlardan biri bo'lishi mumkin.
Universitetda quyidagi yo'nalishlar bo'yicha ta'lim olish imkoniyati mavjud:
- San’at va Gumanitar fanlar;
- Texnologiya va muhandislik;
- Hayot fanlari va tibbiyot;
- Ijtimoiy fanlar va boshqarish;
- Kimyo;
- Iqtisodiyot va biznes.
Stipendiya dasturining foydali jihatlari
Kalgari Universitetining Xalqaro stipendiyasi kuzgi semestrda o‘qishni boshlaydigan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlaydi:
- Har yili 15,000 dollarlik stipendiya (o‘qishning 2, 3 va 4-yillarida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 3.0 va undan yuqori bo‘lsa, uzaytiriladi);
- Bakalavriat dasturining 4 yillik qiymati jami 60 000 AQSh dollarini tashkil etadi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
Grantda ishtirok etish uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
- Kuzgi semestr uchun kunduzgi bakalavriat dasturlariga hujjat topshirgan xalqaro talaba bo'lish;
- Minimal o‘rtacha ball (GPA) – 3.20;
- Universitetning ingliz tilini bilish talablariga javob berish.
Xorijda ta'lim olish va abituriyentlar uchun foydali maslahatlar haqida ko'proq ma'lumot olish uchun saytimizni kuzatib boring.
Dasturga qabul jarayoni bilan bu yerda to‘liq tanishing!
Oxirgi muddat: 01.12.2021

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.