Padua universiteti stipendiyalari: 50 ta grant imkoniyati

Italiyada bepul ta’lim olishni istaysizmi? Padua universitetining 50 ta xalqaro Excellence stipendiyasi va talablar haqida to’liq ma’lumot oling.

3
Padua universiteti stipendiyalari: 50 ta grant imkoniyati

Padua universiteti xalqaro stipendiyalari

Italiyaning nufuzli Padua universiteti bakalavriat va magistratura bosqichida ingliz tilida o‘qishni xohlovchi iqtidorli xalqaro talabalar uchun 50 ta grant ajratadi. Bu imkoniyat abituriyentlar uchun xorijda sifatli ta'lim olish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Stipendiya miqdori va shartlari

Grant dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • O‘qish to‘lovidan to‘liq ozod qilish;
  • Har bir o‘quv yili uchun 8 000 yevro miqdorida stipendiya.

Dastur davomiyligi:

  • Magistratura uchun: 2 yil;
  • Bakalavriat uchun: 3 yil.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Italiya fuqaroligiga ega bo‘lmaslik;
  • Italiyada istiqomat qilmaslik;
  • Italiya universiteti tizimiga kirishga ruxsat beruvchi xalqaro diplomga ega bo‘lish;
  • Padua universitetining ingliz tilidagi dasturlariga ariza topshirgan bo‘lish.

Nomzodlar o'zlarining akademik yutuqlari va maktab baholariga ko'ra saralab olinadi. Qo'shimcha hujjat topshirish shart emas – talabga javob bergan abituriyentlar avtomatik tarzda ro'yxatga kiritiladi.

Qo'shimcha ma'lumotlar

Agar siz xorijiy oliy o‘quv yurtlariga kirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lsangiz, talabalar uchun foydali bo‘lgan maslahatlar va yangiliklarni bizning saytimiz orqali kuzatib boring. Tanlov natijalari va batafsil ma'lumotlarni universitetning rasmiy sahifasi orqali bilib olishingiz mumkin.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar