Saudiya Arabistonida magistratura va doktorantura: KAUST granti
Saudiya Arabistonining yetakchi oliygohlaridan biri bo‘lgan King Abdullah University of Science and Technology (KAUST) magistratura va doktorantura bosqichlari uchun to‘liq moliyalashtiriluvchi grant dasturlarini e’lon qildi. Bu xalqaro miqyosdagi nufuzli imkoniyatlardan biri hisoblanadi.

Grant dasturiga qo‘yiladigan talablar
Nomzodlar qo‘yilgan talablar hamda kerakli hujjatlar ro‘yxati bilan batafsil tanishib chiqishlari lozim:
- IELTS kamida 6.5 yoki TOEFL 79 (agar bakalavriat AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Avstraliya yoki Yangi Zelandiyada o‘qilgan bo‘lsa, til sertifikati talab qilinmaydi);
- Akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari (GPA);
- CV/Resume;
- Maqsad bayonoti (Statement of Purpose);
- 3 ta tavsiyanoma;
- GRE sertifikati (majburiy emas, ammo grant yutish imkoniyatini oshiradi).
KAUST stipendiyasining afzalliklari
Dasturga qabul qilingan barcha talabalar to‘liq stipendiya imtiyozlariga ega bo‘lishadi:
- To‘liq o‘qish to‘lovi qoplanadi;
- Yillik 20,000–30,000 dollar miqdorida oylik stipendiya;
- Bepul uy-joy bilan ta’minlanish;
- Tibbiy va stomatologik xarajatlarning qoplanishi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar
Agar siz xorijda ta’lim olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, talabalar uchun foydali maslahatlar bilan tanishishingiz yoki abituriyentlar uchun tayyorlangan boshqa yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin.
Batafsil ma’lumotlar hamda savollar yuzasidan quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:
Graduate Affairs
Engineering Building (Building 9), Suite 4328
4700 King Abdullah University of Science and Technology
Thuwal 23955-6900, Kingdom of Saudi Arabia
[email protected]

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.