OTMga kirishda chet tili sertifikati darajasi qanday bo‘lishi kerak?
Bakalavriat ta’lim bosqiga hujjat topshirayotgan abituriyentning chet tili sertifikati kamida B2 darajada bo‘lsa, unga chet tili fanidan maksimal ball beriladi. Bu imkoniyatdan foydalanish uchun milliy sertifikat sanalarini kuzatib borish muhim.
Filologiya yo‘nalishlari uchun esa sertifikat darajasi kamida C1 bo‘lishi talab etiladi.
Sertifikatlar qanday bo‘lishi kerak?
Maksimal ball olish uchun quyidagi xalqaro yoki milliy sertifikatlar qabul qilinadi:
- Ingliz tili: IELTS 5.5, TOEFL IBT 72, Cambridge FCE yoki milliy sertifikat;
- Yapon tili: JLPT №2 yoki milliy sertifikat;
- Nemis tili: Goethe-Zertifikat, DSD, Test DAF yoki milliy sertifikat;
- Fransuz tili: DELF, TCF4 yoki milliy sertifikat;
- Boshqa tillar: Xalqaro yoki milliy sertifikatlar (B2 va undan yuqori).
Eslatib o‘tamiz, barcha sertifikatlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tekshiriladi. Soxta hujjatlar qonuniy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Magistratura uchun sertifikat talablari
Magistraturaga kirishda chet tili sertifikati majburiy hisoblanadi. Joriy yildan boshlab talablar yanada qat’iylashdi. Abituriyentlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha kirish ballari yo‘nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi. Sertifikati bo‘lmagan yoki talabga javob bermaydigan abituriyentlar hujjat topshirish huquqiga ega emas.
Istisno tariqasida o‘tgan yili berilgan yengilliklar bu yil amal qilmaydi. Shuning uchun sertifikat talablarini oldindan o‘rganish va o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rish zarur.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.