2024/2025-o‘quv yili uchun OTM imtiyozlari
Joriy o‘quv yilida Oliy ta’lim muassasalariga kirishda abituriyentlar uchun 43 turdagi imtiyozlar joriy etilgan. Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tasdiqlangan ushbu imtiyozlar tizimi abituriyentlarga turli mezonlar asosida keng imkoniyatlar yaratadi. O‘zingizga mos imkoniyatlarni topish uchun abituriyentlar uchun ma'lumotlarimizni muntazam kuzatib boring.
Imtihonsiz davlat granti asosida qabul
Ushbu imtiyozlar abituriyentlarga imtihonsiz, davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilish imkonini beradi:
- Harbiy qism qo‘mondonligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tavsiyanomasiga ega abituriyentlar
- Harbiy xizmatchilar, ichki ishlar va bojxona organlari xodimlarining farzandlari
- Respublika va xalqaro sport, shaxmat, shashka turnirlari g‘oliblari
- Zulfiya, “Nihol”, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari
- “Tarbiyachi” va “Hamshira” respublika tanlovi g‘oliblari
- Prezident maktablari bitiruvchilari hamda xalqaro olimpiada g‘oliblari
Imtihonsiz to‘lov-kontrakt asosida qabul
To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirish uchun quyidagi imtiyozlar mavjud:
- Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari bitiruvchilari
- “Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblari
- Profilaktika inspektorlari
Ball berish va imtihondan ozod etilish
Ayrim fanlardan maksimal ball olish yoki imtihondan ozod etilish imkonini beruvchi imtiyozlar:
- Respublika fan olimpiadalari g‘oliblari
- Chet tili va umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat egalari
- Musiqa, san’at va sport yo‘nalishlari bo‘yicha tanlov g‘oliblari
Qo‘shimcha kvota va imtiyozlar
Qo‘shimcha kvotalar doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar, “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilari hamda 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fuqarolar uchun alohida qabul tartiblari belgilangan. Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yillik stajga ega bo‘lganlar suhbat asosida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktga qabul qilinishi mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.