OTM bitiruvchilari uchun yangi “Kelajakka qadam” dasturi

Prezident qaroriga ko‘ra, OTM bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi “Kelajakka qadam” dasturi ishga tushirilmoqda. Batafsil ma’lumotlar bilan tanishing.

4
OTM bitiruvchilari uchun yangi “Kelajakka qadam” dasturi

OTM bitiruvchilari uchun yangi “Kelajakka qadam” dasturi

Prezidentning “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori (PQ-61-son, 14.02.2025-y.) asosida “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi.

Mazkur dastur oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga ish topishda amaliy yordam berish va talabalarning o‘z biznes loyihalarini yaratishiga ko‘maklashish maqsadida joriy qilinmoqda. Kirish ballari yo'nalishlar kesimida tahlil qilinganidek, kelajakda yuqori natijalarga erishish uchun bugundan tayyorgarlik ko'rish muhim.

Dastur doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:

  • Biznes g‘oyalarga ko‘maklashish: O‘z biznes loyihasiga ega bitiruvchi bosqich talabalari uchun loyihani to‘liq shakllantirish va moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi.
  • Keng ko‘lamli tanlovlar: Turli sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar tashkil etilib, g‘oliblarning ish bilan ta’minlanishiga ko‘mak beriladi.
  • Ish beruvchilar ehtiyojini qondirish: Yirik kompaniyalar bilan hamkorlikda malakali kadrlar uchun talablar shakllantiriladi va bitiruvchilarni ishga mos tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
  • Kasbiy ta’lim va amaliyot: Tanlov g‘oliblari ish beruvchilar buyurtmasiga ko‘ra individual dasturlarda o‘qitiladi, ishlab chiqarish obyektlarida amaliyot o‘taydi va xalqaro tajriba orttiradi.

Ushbu tashabbus talabalar uchun o‘z salohiyatini namoyon etish va munosib ish topishda katta imkoniyat eshiklarini ochadi. Dastur bitiruvchilarning bandligini ta’minlash va ularning kasbiy rivojlanishiga xizmat qiladi.

Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar