Yuridik texnikum bitiruvchilari qayerda ishlashi mumkin?

Yuridik texnikumni tamomlagach, qaysi davlat organlari va tashkilotlarida ish boshlash mumkin? Bitiruvchilar uchun ish imkoniyatlari va diplom haqida ma’lumot.

6
Yuridik texnikum bitiruvchilari qayerda ishlashi mumkin?

Yuridik texnikum bitiruvchilari uchun ish imkoniyatlari

Yuridik texnikumni tamomlagan yosh mutaxassislar respublikamizdagi ko'plab nufuzli tashkilotlarda faoliyat boshlashlari mumkin. Ushbu maqolada bitiruvchilar qayerda ishlashi va qanday imkoniyatlarga ega ekanligi haqida so'z boradi.

Bitiruvchilarga beriladigan diplom va malaka

Yuridik texnikum bitiruvchilariga davlat taʼlim standartlariga muvofiq, oʻrta maxsus professional taʼlimdagi yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha malaka darajasi koʻrsatilgan holda davlat namunasidagi diplom taqdim etiladi.

Qaysi tashkilotlarda ishlash mumkin?

Oʻrta maxsus yuridik maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar quyidagi davlat organlari va tashkilotlaridagi vakant lavozimlar uchun o'tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etishlari mumkin:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda uning hududiy tuzilmalari;
  • Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududiy organlari;
  • Notarial idoralar;
  • Advokatlik tuzilmalari.

Agar siz kelajakda oliy ta'limni davom ettirmoqchi bo'lsangiz, kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi. Shuningdek, abituriyentlar uchun mo'ljallangan so'nggi yangiliklarni kuzatib borish orqali o'z maqsadlaringizga erishishingiz osonlashadi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar