Yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari: Barcha ma’lumotlar

Yuridik texnikumlarga kirish test sinovlari tartibi, fanlar kesimi, maksimal ballar va ruxsatnomani olish tartibi haqida batafsil ma’lumot oling.

5
Yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari: Barcha ma’lumotlar

Yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari: Asosiy tartiblar

2023-2024-o‘quv yili uchun Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari 29-30-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Abituriyentlar uchun abituriyentlar uchun barcha muhim ma'lumotlarni jamladik.

Test sinovlari vaqti va smenalar

Test sinovlari ikki smenada tashkil etiladi:

  • 1-smena: 09:00 dan 12:00 ga qadar;
  • 2-smena: 15:00 dan 18:00 ga qadar.

Fanlar majmuasi va baholash tizimi

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fanlardan iborat bo‘lib, jami 90 ta savolga 3 soat vaqt ajratiladi. Maksimal ball – 189 ball.

Ballar taqsimoti:

  • Huquqshunoslik: 30 ta savol, har biriga 3,1 ball (jami 93 ball);
  • Chet tili: 30 ta savol, har biriga 2,1 ball (jami 63 ball);
  • Majburiy fanlar (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi): har biriga 1,1 ball (jami 33 ball).

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida sahifasiga tashrif buyuring.

Abituriyentlar diqqatiga

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidan yuklab olishlari shart. Test o‘tkaziladigan hududga pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin kelish talab etiladi.

Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar