Yuridik texnikumlarga imtihonsiz qabul: Muhim yangilik
Adliya vazirligi tasarrufidagi yuridik texnikumlarga qabul jarayonlari bo‘yicha yangi tartib joriy etildi. Unga ko‘ra, ayrim toifadagi abituriyentlar kirish imtihonlarisiz va qabul parametrlaridan tashqari to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Kimlar imtihonsiz qabul qilinadi?
Qonunchilikka muvofiq, quyidagi abituriyentlar imtihonlardan ozod etiladi:
- Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyni 56 va undan yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bilan tamomlagan bitiruvchilar;
- Joriy yilda respublika OTMlarining «yurisprudensiya» yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlarida o‘qishga tavsiya etilmagan, ammo yuridik texnikumlar uchun belgilangan o‘tish balini to‘plagan abituriyentlar. Kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot olish orqali buni tekshirishingiz mumkin;
- Chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi B2 va undan yuqori darajadagi davlat yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lganlar. Agar sizda sertifikat bo‘lmasa, milliy sertifikat sanalari bilan tanishib, imtihonga tayyorgarlik ko‘rishingiz tavsiya etiladi.
Murojaat qilish muddatlari
Yuqorida keltirilgan toifadagi abituriyentlar joriy yilning 25-sentabriga qadar (shu kuni ham) to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirish uchun tegishli yuridik texnikumga ariza bilan murojaat qilishlari shart.
Ushbu ma'lumotlar rasmiy manbalarga asoslangan bo‘lib, abituriyentlar o‘z vaqtida hujjat topshirishlari muhim.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.