Yuridik texnikumlar: Qabul va mutaxassisliklar haqida
O‘zbekiston Respublikasida yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida 14 ta yuridik texnikum faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu ta’lim muassasalari huquqshunoslik sohasida boshlang‘ich va o‘rta maxsus ma’lumot olishni istagan yoshlar uchun ajoyib imkoniyatdir.
Yuridik texnikumlarda o‘qitiladigan yo‘nalishlar
Texnikumlarda quyidagi asosiy mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:
- Davlat huquqiy faoliyati;
- Yuridik xizmat;
- Sud-huquqiy faoliyat.
Sohani tanlashda kirish ballari yo‘nalishlar kesimida tahlil qilib chiqish tavsiya etiladi.
Qabul jarayoni va talablar
Yuridik texnikumlarga 11-sinfni bitirgan yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tamomlagan fuqarolar hujjat topshirishlari mumkin. Abituriyentlar uchun hujjatlar my.gov.uz portali yoki Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy sayti orqali onlayn qabul qilinadi.
Test sinovlari va o‘qish shartlari
O‘qishga qabul qilish DTM (hozirgi Bilim va malakalarni baholash agentligi) tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi. Test topshiriqlari TDYUU bakalavriatiga kirish talablariga mos keladi. Xorijiy fuqarolar esa suhbat asosida qabul qilinadi.
Asosiy ma’lumotlar:
- O‘qish muddati: 2 yil;
- Ta’lim shakli: davlat buyurtmasi, to‘lov-kontrakt va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt;
- Qabul jarayoni: onlayn ro‘yxatdan o‘tish.
Ta’lim sohasidagi so‘nggi yangiliklarni biz bilan kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.