Rahbarlar talabani ishga olishdan bosh tortishi mumkinmi?
O‘qish bilan birga ishlashni istagan talabalar ko‘pincha ish beruvchilar tomonidan rad javobini olishadi. Xo‘sh, rahbarlarning talabani ishga olishdan bosh tortishga haqqi bormi va bu holatda nima qilish kerak?
Ishga qabul qilish rad etilganda talabaning huquqlari
Mehnat kodeksining 119-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi ishga qabul qilishni rad etgan taqdirda, talaba rad etish sababini yozma ravishda bilish huquqiga ega. Ish beruvchi ishga qabul qilishga vakolatli mansabdor shaxs imzosi bilan rad etish sabablarini talab kelib tushgan kundan boshlab 3 kunlik muddatda taqdim etishi shart.
Ish beruvchining javobgarligi
Agar ish beruvchi sizni asossiz ravishda ishga olmagan bo‘lsa yoki vakant o‘rinlarni yashirgan bo‘lsa, u qonun oldida javobgarlikka tortiladi. Bunday harakatlar ma’muriy va hatto jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi mumkin.
Foydali ma'lumotlar
- Talabalar uchun dolzarb maslahatlar va huquqiy qo‘llanmalar.
- Kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib, kelajakdagi faoliyatingizni rejalashtiring.
Siz hech qachon ishga kirishda qonunbuzarlikka duch kelganmisiz? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.