Texaslik o‘qituvchi sinfda yig‘lab yubordi. Sabab — uning 17–18 yoshli o‘quvchilari oddiy yozma topshiriqni bajara olmagan: o‘qituvchi gapni deyarli o‘zi to‘ldirib bergan bo‘lsa ham, o‘quvchilar 4 ta so‘z yozolmagan.
Nima bo‘ldi?
Darius Williams — Houston tumanidagi Wheatley High School o‘qituvchisi. Maktabning ikkinchi kuni, birinchi darsda u o‘quvchilariga ikkita paragraf o‘qishni berib, deyarli to‘ldirib qo‘yilgan gapni yakunlashni so‘ragan. 17–18 yoshli o‘quvchilar 4 ta so‘zni to‘ldira olmagan — o‘qituvchi dars o‘rtasida o‘zini tuta olmay yig‘lab yuborgan.
Reklama
O‘qituvchi nima deydi?
“Men ularga topshiriqni berdim, birgalikda tahlil qildik. Hatto muammo yuzaga kelmasdan javoblarni aytib berdim — baribir bajara olmadilar. Qayerda xato, bilmayman”, deydi Williams. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘quvchilar gapira oladi, fikr yurita oladi va o‘z qarashini himoya qila oladi, lekin bu ko‘nikmalarni yozma matnga tadbiq eta olmaydi.
Video tanqidga uchradi
Williams video yozib, ijtimoiy tarmoqqa joylagan. Video keng tarqaldi, biroq ayrim foydalanuvchilar o‘qituvchining malakasini shubha ostiga oldi. U javob sifatida Texas davlati va ta’lim agentligi tomonidan berilgan sertifikatlarini ko‘rsatdi.
Bu muammo faqat Texasga tegishli emas — Nyu-Yorkda ham 3–5-sinf o‘quvchilarining yarmidan ko‘pi (57 foiz) ingliz tili testidan yiqilgan. Avvalroq Angliyada bo‘lajak ishsizlar boshlang‘ich maktabda aniqlanishi haqida yozgan edik.
InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.