O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari natijalari
Joriy yilda xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan imtihonlar yakunlandi. Jarayonda jami 41 122 nafar talabgor ishtirok etdi.
Statistik ma'lumotlar va natijalar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan o‘tish ballari asosida o‘tkazilgan test sinovlari natijalari quyidagicha:
- Ishtirok etganlar: 41 122 nafar;
- Talabni bajarganlar: 4 433 nafar (10,8 %);
- Talabni bajara olmaganlar: 36 689 nafar (89,2 %).
Eslatib o‘tamiz, kirish ballari yo'nalishlar kesimida o‘zgarib boradi. Shuningdek, talabalar uchun o‘qishni ko‘chirish tartib-qoidalari bilan oldindan tanishib chiqish muhimdir.
Tartib-qoida buzilish holatlari
Test jarayonida tartib-qoidani buzganligi sababli 75 nafar talabgor chetlatildi. Bu ko‘rsatkich OTMlarga kirish test sinovlariga nisbatan 11 baravar ko‘pdir. Hududga kirish jarayonida esa yana 78 nafar talabgor qoidalarni buzgani uchun chetlatilgan.
Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.