O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinmoqda
2025-yilning 20-yanvariga qadar talabalarning o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinadi. Jarayonni tashkillashtirish uchun hududlarda 13 ta oliy ta’lim muassasasida maxsus ishchi guruhlar faoliyat olib bormoqda. Agar siz talabalar uchun foydali ma’lumotlarni izlayotgan bo‘lsangiz, ushbu jarayon siz uchun muhim.
Ishchi guruhlarning ish tartibi
Ishchi guruhlar 20-yanvargacha quyidagi jadval asosida faoliyat yuritadi:
- Dushanba – Juma: 09:00 dan 17:00 gacha
- Shanba: 09:00 dan 15:00 gacha
- Yakshanba: dam olish kuni
O‘qishni ko‘chirish uchun kerakli hujjatlar
Ariza topshirish jarayonida quyidagi hujjatlar jamlanmasini taqdim etishingiz talab etiladi:
- O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (joyida to‘ldiriladi);
- Reyting daftarchasi, akademik ma’lumotnoma yoki transkript (nusxasi);
- Pasport nusxasi;
- O‘qishni ko‘chirish uchun uzrli sababni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar.
Batafsil ma’lumotlar va kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan saytimiz orqali tanishib borishingiz mumkin.
Uzrli sabablar
- Oilaviy holat: turmush o‘rtog‘i yashaydigan hududga ko‘chish.
- Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarishi munosabati bilan oila a’zolarining o‘qishini ko‘chirish.
Hududiy ishchi guruhlar manzillari
Arizalarni qabul qiluvchi OTMlar ro‘yxati:
- Qoraqalpog‘iston: Qoraqalpoq davlat universiteti
- Andijon viloyati: Andijon davlat universiteti
- Buxoro viloyati: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
- Jizzax viloyati: Jizzax politexnika instituti
- Qashqadaryo viloyati: Qarshi davlat universiteti
- Navoiy viloyati: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
- Namangan viloyati: Namangan davlat universiteti
- Samarqand viloyati: Samarqand davlat universiteti
- Sirdaryo viloyati: Guliston davlat universiteti
- Surxondaryo viloyati: Termiz davlat universiteti
- Farg‘ona viloyati: Farg‘ona politexnika instituti
- Xorazm viloyati: Urganch davlat universiteti
- Toshkent shahri va viloyati: O‘zbekiston Milliy universiteti

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.